Songtexte Ona - Botir Qodirov
O'zingsan abadiy, azaliy borim,
Taqdiring oldida faqat jim bo'ldim.
Marhamating cheksiz parvardigorim,
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Marhamating cheksiz parvardigorim,
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Mehnatim ro'yobga oshib turibdi,
Do'stlar qirg'og'idan toshib turibdi.
Nigohlar biz tomon shoshib turibdi,
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Nigohlar biz tomon shoshib turibdi,
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Tunlar o'tmishimga o'ylab qolaman,
Farzandlarimga goh so'zlab qolaman,
Yo shirin tushmi deb o'ylab qolaman,
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Qudrating oldida taslimman qulman,
Himmating oldida bir hovuch kulman,
Sen qo'llab turmasang aytgin men kimman,
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Adashtirib qo'yma to'g'ri yo'limdan,
Doim ushlab yursin ikki qo'limdan,
Shukr omad berding o'ng-u so'limdan,
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.
Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim.

Attention! Feel free to leave feedback.