Botir Qodirov - Qaytaman Songtexte

Songtexte Qaytaman - Botir Qodirov




Qiynog'u hayollardan qolganda nolib,
Sendan yiroqlarga ketgandim nolib.
Qiynog'u xayollardan tolganda nolib,
Sendan yiroqlarga ketgandim nolib.
Sensiz zulmat ekan bu yorug' olam,
Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.
Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.
Bandaman, xatolik o'tdi o'zimdan,
Bevafo desang ham, mayliga, jonim.
Shashqator yosh oqar maning ko'zimdan,
Rahm ayla, o'tmagay sensiz har onim.
Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.
Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.
Hijron azoblari ochdi ko'zimni,
Haydama jonginam, tingla so'zimni.
Hijron azoblari ochdi ko'zimni,
Haydama jonginam, tingla so'zimni.
Tunlari yetolmay ko'ksimni tildim,
Seni sevishimni, ishon, kech bildim.
Tunlari yetolmay ko'ksimni tildim,
Seni sevishimni, ishon, kech bildim
Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.
Ko'zlar to'qnash kelib, uchrashgan chog'da
Seni sevishimni takror aytaman.
Notavon oshiqman, qolganman dog'da,
Baribir yoningga bir bor qaytaman.
Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.
Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.



Autor(en): Botir Qodirov


Attention! Feel free to leave feedback.