Alisher Fayz - Bo'ydoq Bola Lyrics

Lyrics Bo'ydoq Bola - Alisher Fayz



Qizlar desa, qirq joyidan belin bog'lar,
Necha-necha sanamlarning dilin dog'lar.
Qizlar desa, qirq joyidan belin bog'lar,
Necha-necha sanamlarning dilin dog'lar.
To'yu-bazm, davralarning guli bo'lar,
Burgut bo'lib, samolarga-yey o'zin chog'lar.
To'yu-bazm, davralarning guli bo'lar,
Burgut bo'lib, samolarga-yey o'zin chog'lar.
Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
O'ynang endi, yayrang endi, bo'ydoq bola.
Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
O'ynang endi, yayrang endi, bo'ydoq bola.
Oriyati osmonda, ko'z yetmaydi,
Ta'rifini aytsam, hech so'z yetmaydi.
Oriyati osmonda, ko'z yetmaydi,
Ta'rifini aytsam, hech so'z yetmaydi.
O't soladi manman degan sanamlarga,
Sevib qolsa, ochiq aytar, sir tutmaydi.
O't soladi manman degan sanamlarga,
Sevib qolsa, ochiq aytar, sir tutmaydi.
Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
O'ynang endi, yayrang endi, bo'ydoq bola.
Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
O'ynang endi, yayrang endi, bo'ydoq bola.
Yer titraydi yursa gurs-gurs qadamidan,
Quyosh chaqnar salobat-u badanidan.
Yer titraydi yursa gurs-gurs qadamidan,
Quyosh chaqnar salobat-u badanidan.
Kuyov to'nlar yarashadi qomatiga,
Jon ayamas onasi-yu vatanidan.
Kuyov to'nlar yarashadi qomatiga,
Jon ayamas onasi-yu vatanidan.
Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
O'ynang endi, yayrang endi, bo'ydoq bola.
Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
O'ynang endi, yayrang endi, bo'ydoq bola.
O'ynang endi, yayrang endi-yey, bo'ydoq bola,
Quvnoq bola, e bo'ydoq bola!



Writer(s): Alisher Fayz


Alisher Fayz - Ko'nglim Senda
Album Ko'nglim Senda
date of release
17-05-2017




Attention! Feel free to leave feedback.