Iroda Dilroz - Otmagay Tong Lyrics

Lyrics Otmagay Tong - Iroda Dilroz



Otmagay tong bog' aro azming xiromon bo'lmasa,
Bulbuli shaydolaring gulshanda nolon bo'lmasa.
Qaydin ishq o'tig'a da'vo aylasun parvonalar,
Parpirab bag'rim yoquvchi sham'i janon bo'lmasa.
Shamidek kuygay hamisha jismi jonim, men netay,
Birgina parvona ham qoshimda mehmon bo'lmasa.
Sanchaber so'zdan tikonlar ko'ksima, ey g'unchalab,
Ne qilay bu jonnikim, yo'lingda qurbon bo'lmasa.
Ne qilay bu jonnikim, yo'lingda qurbon bo'lmasa...



Writer(s): Iroda Dilroz



Attention! Feel free to leave feedback.