Jahongir Otajonov - Ayol (Live) Lyrics

Lyrics Ayol (Live) - Jahongir Otajonov



(O'tsam o'tay, g'urbat shahri-ridan,
Totsam totay, yo'qlik zahri-ridan.)
O'tsam o'tay, g'urbat shahridan,
Totsam totay, yo'qlik zahridan,
Bisotimda bor nomusim haqqi
Ilohim, asra ayol makridan.
Ayol makridan falak hayrondir,
Falak bo'lganiga pushaymondir.
Shaytonga dars berar insondir,
Ilohim, asra ayol makridan.
Ayolning avval hayosi bo'lsin,
O'ziga, qadriga vafosi bo'lsin,
So'ng mayli, nomardga da'vosi bo'lsin,
Ilohim, asra ayol makridan.
Asra ayol makridan-ey
Hamda uning zahridan,
Bisotimda bor nomusim haqqi
Ilohim, asra ayol makridan.
Tan bersa, umrbod yuzing qarodir,
Har ne qilsang, ko'ngling yarodir,
Kuning g'am, yo'ling do'zax arodir,
Ilohim, asra ayol makridan.
Ayolning avval hayosi bo'lsin,
O'ziga, qadriga vafosi bo'lsin,
So'ng mayli, nomardga da'vosi bo'lsin,
Ilohim, asra ayol makridan.
Ayol makridan falak hayrondir,
Falak bo'lganiga pushaymondir.
Shaytonga dars berar insondir,
Ilohim, asra ayol makridan.
(Bom, dili, bom-bom,
O'ylab ko'rsang yomon,
Shirin so'z ham
Tashlab ketar, do'stim.
Uning ko'k ko'zi,
Maftun qildi o'zi,
Gar ketmoqchi bo'lsam,
So'z ochadi o'zi.)
Asra ayol makridan-ey
Hamda uning zahridan,
Bisotimda bor nomusim haqqi
Ilohim, asra ayol makridan.
O'tsam o'tay, g'urbat shahridan,
Totsam totay, yo'qlik zahridan,
Bisotimda bor nomusim haqqi
Ilohim, asra ayol makridan.



Writer(s): jahongir otajonov


Jahongir Otajonov - Jonli Ijro (Live)
Album Jonli Ijro (Live)
date of release
05-02-2019




Attention! Feel free to leave feedback.