Jahongir Otajonov - Sog'indim Lyrics

Lyrics Sog'indim - Jahongir Otajonov



G'amgin yurak, g'amguzor yurak...
Bechorani xo'rlasang bo'lmas.
Seni bugun ko'rishim kerak,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas.
Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qo'yurmi omon,
Tushun, seni sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas.
Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga,
Nima bo'lsa, bo'lar ertaga,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas.
Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun tunlar bunchalar uzun,
Men ertaga yashashim uchun
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas.
G'amgin yurak...



Writer(s): jahongir otajonov


Jahongir Otajonov - Qaddi Baland
Album Qaddi Baland
date of release
14-12-2018




Attention! Feel free to leave feedback.