Ozoda Nursaidova - Unut Lyrics

Lyrics Unut - Ozoda Nursaidova




Yurak yig'lar, yurak so'rar: "Kel, iltimos,
Oxirgisi, oxirgi bor bag'ringga bos!"
Keyin senga qarasam ham gunoh bo'lar,
Yor degani qolgan haqqim bir kun xolos!
Bir kungina, bir kun xolos
Men uchun, jonim, iltimos -
Oxirgisi! Oxirgi bor,,
Kelgin, jonim, bag'ringga bos!
Men seni deb nimalardan kechmadim,
Ishqning qancha og'usini ichmadim,
Unutishga rozimasman, yor, majburman!
Qayda xato bo'ldi, senga eltmadim.
Kel, soyangga yiqilsin bu xasta jonim,
Seni qaysi qaro kunda sevib qoldim?
Tuproq bo'lgan ishqni bosib, ezib-ezib,
Endi kimni yor etursan, ayt, jonim.



Writer(s): Ozoda Nursaidova



Attention! Feel free to leave feedback.
//}