Radius 21 - Xotira Lyrics

Lyrics Xotira - Radius 21



Pul, tillo, boylik kelganda har dam
O'zgarishi mumkin ekan har qanday odam
Seni suymagan insonga talpinar yurak
Afsus o'sha sevganinga boshqasi kerak
Do'stni do'st deyishga qorqamiz shu on
Ishonib turganimiz aldaydi hamon
Rost deb bilganimiz, aslida yolg'on
Jannatni unitib ketamiz, jahannam tomon!
Haqiqatga termo'laman ko'zim yoshlanib
Yasholmaymiz to'rt devorga bizlar qamalib
Kimdur oila boqaman deb chetga intilar
Tashqarida ming afsuski g'urur tobtalar
Bir qog'oz parchasi asli o'sha pul?
Biroq osha xal qiladi, kim qirol, kim qul?
Olmosni tanlaymiz deb tanlanadi kul
Nega adashamiz biz qaytadan nuqul?
Kiymiga qarab, biz ortramiz do'st
Odamgarchilikni bilmay qolamiz biroz!
Bu hayot bir kam dunyo, odamzotga xos
Asli toshqin narsalar nazaringda oz
Did haqida baxs qilamiz uramiz garov
Munosabat buziladi yonadi olov!
O'zimizcha past ketamiz qilsak iltimos
Ko'ngilga kalit esa shirin so'z xolos!
Shahzod, siz meni eshitsangiz agar
Sizga aytar so'zlarim bir muncha mayus
Siz bizni tashlab olislarga baxt
Osmon ham yig'lar, qilardi afsus!
Shahzod, siz bilsangiz agar
Bizdan ayirib ustozni xato qildi kuz
Qolib ketdi shoirsiz minglab qo'shiqlar
Falakda ham so'ndi poralagan yulduz
Bu dunyo qorong'u, bu osmon qora
Daryo kabi imlanib dilim ovora
Afsuski bu she'rim sizga bag'ishlab
Satrga dardim ila kuyladim atab
Bir qator siyoh ichra hayot yashirib Farishtangiz qanot yozdi sizga intilib
"Yo'q-yo'q bu yolg'on" - yiglaydi yurak
Ko'zlarimda nam xira, tush bo'lsa kerak
Ko'nglimda bir dunyo bo'laman
Sen-ku meni topa olmaysan
Sen izlagan daryo bo'laman
To'g'on bo'lib gapirolmaysan
Tushlaringa kirmasman hech ham
Ko'zlaring ham tushmaydi sira
Men azobman, seni suyangan
Tuyulganda dunyolar xira
Men hayolman, senga ovunchoq
Dardlaringa malham bo'laman
Sen-ku meni topa olmaysan
Sen topgan kun men ketgan bo'laman!
Ko'zlarim xiradir lekin ko'r emas!
Bu hayot okean, biz bir kichik kema
Cheksiz va qirrasiz turli xil odam
Naqadar xilma-xil, yetmaydi qalam



Writer(s): shahzod gulomov, bahodir usmanov


Radius 21 - Xotira
Album Xotira
date of release
16-07-2014




Attention! Feel free to leave feedback.