Sardor Rahimxon - Tanhoginam (Uzbek) Lyrics

Lyrics Tanhoginam (Uzbek) - Sardor Rahimxon



Kulib qo′ysang nogoh nurga to'lar olam,
Hayotimga hamroh, sen bitta yagonam.
Buncha chiroylisan, lolu xayronaman,
Ko′p qaramang deysan boqsam pinhona man.
Tanhoginam tanho yolg'izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog'inaman har on.
Kulib qo′ysang nogoh dardlarim tark etar,
Yuragimdagi dog′, qayg'ularim ketar.
Bu yuragim titrar yoningdan men o′tsam,
Qaniydi vaslingni bag'rida men cho′ksam.
Tanhoginam tanho yolg'izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog′inaman har on.
Toma-toma gul bo'lib ko'zlaringdan tomchilar,
Dona-dona nur bo′lib yuzlaringdan sochilar...
Tanhoginam tanho yolg′izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.




Sardor Rahimxon - Otajon
Album Otajon
date of release
13-01-2014




Attention! Feel free to leave feedback.