Shahriyor - Izhor Lyrics

Lyrics Izhor - Shahriyor



Sevgi nima - azob-hijronmi yoki dilni mast etuvchi may?
Sevgi nima - bu imtixonmi yoki tong payt yig'latuvchi nay?
Sevgi nima - ahd-u vafomi, dilga cho'kkan xohish-xatomi?
Sevgi nima - o'tli nafasmi yoki shunchaki orzu-havasmi?
Sevgi nima - go'zal ijodmi, sevishganlar umrbod shodmi?
Sevgi nima - ilohiy kuchmi yoki faqat itoat-burchmi?
Sevgi nima - bu bir shirin tushmi yoki sevib so'ng unutishmi?
Sevgi nima? Sevgi nima? Aaayyt! Sevgi nima? Ayt!
Ayt! Kimga keregi bor yaralangan dil?
Nega boshqasin sevaman demaydi til?
Qoldim bir o'zim dilda og'rig'im bilan,
Sog'indim yulduzim osmon esa baland!
Alam! Alam! Qizig'i yo'q olam!
Atrof to'la odam, jargacha bir qadam!
Hech kim bermas yordam!
Dunyo qorong'u g'am maylimi so'rasam?
Maylimi so'rasam?
Kimlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring?
Kimni yuzini ayt silaydi qo'llaring?
Kimni mehridan so'ng men bo'ldim keraksiz?
Nega menga og'ir, nega og'ir sensiz?
Yuragim tubida hukm suradi dard,
Ichimdan sezaman sendan kechmog'im shart!
Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim,
Lek baribir...
Sevgi nima - bu azob yoki malham?
Bu savolga javob yo xato menda ham
Kuyga solaman dildan chiqqan so'zlarimni,
Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni!
Sevgi nima o'zi, nega unga intilamiz?
Mushkul erishamiz so'ngra oson yo'qotamiz!
Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat
Unda meni hech kim qutqarolmaydi toabat!!!




Shahriyor - Xasta Bo'lma
Album Xasta Bo'lma
date of release
20-02-2019




Attention! Feel free to leave feedback.