Shahzoda - Men O'sha Lyrics

Lyrics Men O'sha - Shahzoda



Armonda yolg'izman endi, qara,
O'ylanib yasharman kunlar sanab,
Yolg'izim, yagonam sen, derding,
Qalbimda qoldirding bitmas yara.
Ko'zlarim izlaydi seni hamon,
"Qayta ko'rarmanmi?", deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.
Axir men o'sha baxtim izlagan,
Men o'sha topib ayrilgan,
Men o'sha taqdirga tan bergan men.
Axir men o'sha seni sog'ingan,
Men o'sha qalbi bo'lingan,
Men o'sha sevib yo'qotgan men,
Baxt izlagan men.
Sevgimiz manzillarida yolg'iz,
Umidvor kutarman seni, esiz.
O'zimdan kechib, bir seni sevib,
Suyanganimda qoldimmi sensiz?
Ko'zlarim izlaydi seni hamon,
"Qayta ko'rarmanmi?", deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.
Axir men o'sha baxtim izlagan,
Men o'sha topib ayrilgan,
Men o'sha taqdirga tan bergan men.
Axir men o'sha... Men o'sha...
Men o'sha... Baxt izlagan men...
Axir men o'sha baxtim izlagan,
Men o'sha topib ayrilgan,
Men o'sha taqdirga tan bergan men.
Axir men o'sha seni sog'ingan,
Men o'sha qalbi bo'lingan,
Men o'sha sevib yo'qotgan men,
Baxt izlagan men




Shahzoda - Men O'sha
Album Men O'sha
date of release
05-09-2018




Attention! Feel free to leave feedback.