Shoxrux - O'zingdan Ko'r Lyrics

Lyrics O'zingdan Ko'r - Shoxrux



Yuragim ol, dilim, uning borin,
Tabassumingsiz ertangi kun yo'q.
O'ylab yonimga kel, yorim,
Xohlamayman boshqaga...
Man o'zimni unutib oson yengildim,
Qora dengiz sehrli ko'zlaringga.
Yuragim yorilmoqda
Ket desang ham, qol desang ham.
Bo'ldi, mana endi yetar qurbim,
Deyman, ammo talpinaman yoningga.
Holim og'irlashmoqda
Ket desang ham, qol desang ham.
Yuragim ol, dilim, uning borin,
Tabassumingsiz ertangi kun yo'q.
O'ylab yonimga kel, yorim,
Xohlamayman boshqaga, yor bo'lmay.
Yuragim ol, dilim, uning borin,
Qaroringsiz o'tmish, hozirim yo'q.
O'ylab holimni bil, yorim,
Soyasiz sahro bo'lib qolmay.
Bir kun bormasam agar, kasal bo'laman,
Tomim ketar, "sog'indim, jonim", deganing kam.
Ko'nglimni ol, go'zalim, shirin so'z bilan,
"Hammasi yaxshi bo'ladi", de fursatidan.
Bo'larim bo'lar, ko'raman o'zimdan,
Hozir birgaman, ertaga yolg'iz.
Ayriliq peshonamga yozilgan bo'lsa,
Netasan, roziman.
Yuragim ol, dilim, uning borin,
Tabassumingsiz ertangi kun yo'q.
O'ylab yonimga kel, yorim,
Xohlamayman boshqaga, yor bo'lmay.
Yuragim ol, dilim, uning borin,
Qaroringsiz o'tmish, hozirim yo'q.
O'ylab holimni bil, yorim,
Soyasiz sahro bo'lib qolmay.
A, ou, Instagram o'chiq, Telegram jim,
Oboradi mani yo'llarim bu ketishda bir fojiaga.
Bilaman aniq, o'zim-zim, to'limalim-lim,
Yo'q bir tinim, tindim, bitdim,
Tanimaganimdami boshqacha bo'lardi umrim.
Joningga tegmadimi biri bor, biri yo'q,
Biri kam bo'lgan muhabbat, a?
Turgani-bitgani alam-u g'am, bo'laman man o'zimga hakam,
O'zing sev, o'zing qo'y va o'zingdan ko'r!
(Va o'zingdan ko'r... Va o'zingdan ko'r...)




Shoxrux - Этот Бит
Album Этот Бит
date of release
22-11-2015




Attention! Feel free to leave feedback.