Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan Lyrics

Lyrics Layloyimsan - Ulug'bek Rahmatullaev



Yangrar dilim qo'shig'i
Menman gulim oshig'i
Edim muhabbat hastasi
Nafasim dard guldastasi
oshiqman
Sho'x eding, beg'am edim
Dard eding alam edim
Kuyingda men sado edim
Ko'yingda men ado edim
Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro'yoyimsan.
Yuragim sof havosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig'ing, majnuningman
Ham umrbod maftuningman.
Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar
Mastu, parishonu, xarob
Har orzuim bo'lib sarob,
Shoyadki oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muhabbat.
Bo'lib ishq ovorasi,
Sevgidan qalbim porasi
Eding saodat shodasi
Beg'ubor ko'ngil bodasi
oshiqman
Moh eding, osmon edim
Gul eding, bo'ston edim
Kuyingda men sado edim
Ko'yingda men ado edim.
Layloyimsan, daryoyimsan
Orzuyimda ro'yoyimsan.
Yuragim sof havosi sen
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig'ing, majnuningman
Ham umrbod maftuningman.
Majnunu Layli bexabar
Kezadurman, oh darbadar
Mastu, parishonu, xarob
Har orzuim bo'lib sarob
Shoyadki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.



Writer(s): ulug'bek rahmatullaev


Ulug'bek Rahmatullaev - Omadim Kelmadi
Album Omadim Kelmadi
date of release
02-08-2013




Attention! Feel free to leave feedback.