Ulug'bek Rahmatullayev - Siz Yig'lamang Lyrics

Lyrics Siz Yig'lamang - Ulug'bek Rahmatullayev



Dunyo juda go'zal edi yuz burmadim
Netay bitta savobga ham ulgurmadim
Do'stlar bilan kulib davron surolmadim
Onajonim bag'ringizdan olis ketdim
Siz yig'lamang jannatlarga borib yetdim
Mehr nedur muhabbat ne anglar edim
Orom olsam onam bag'rin tanlar edim
Tonga qadar allalarin tinglar edim
Beshigimda yotib rizqim olib ketdim
Siz yig'lamang jannatlarga borib yetdim
Dunyolarga kim to'yibdi men to'ymasam
Koshki kulib ikki bora qadam qo'ysam
Shirin-shirin diydorlarga quloch yoysam
Ota-onam ko'z yoshida oqib ketdim
Yig'lamangiz jannatlarga borib yetdim
Taqdir kimni o'ynatadi kuldiradi
Yana kimni ko'z yoshiga to'ldiradi
Yashnab turgan g'uncha nigoh so'ldiradi
Oppoq qordek sochingizga yog'ib ketdim
Yig'lamangiz jannatlarga borib yetdim
Ko'p maslahat bergay hayot quloq tuting
Yorug' kunlar nur sochadi tongni kuting
Kulib yashang g'amlar ketsin va unuting
Peshonada taqdirimdan nolib netay
Onajonim jannatlarga borib yetdim



Writer(s): ulug'bek rahmatullaev


Ulug'bek Rahmatullayev - Siz Yig'lamang
Album Siz Yig'lamang
date of release
20-11-2016





Attention! Feel free to leave feedback.