Ulug'bek Rahmatullayev - Yurak Lyrics

Lyrics Yurak - Ulug'bek Rahmatullayev



Ey yurak, ko'p hovliqma,
Bas, ko'ngin taqdir farmoniga.
Aslo yurak qilma havas,
Qasd qilguvchi o'z joniga.
Ey yurak, yig'lama yetar,
Bu alamlar bir kun bitar.
Mayliga yor ketsa ketar,
Begona yorning yoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.
Ko'zlarim yosh qildi xira,
Ko'zlarim ishq qildi xira.
Arzimas bevafo sira
Bo'lmoqqa dil armoniga.
Ey yurak, buncha o'ynama,
Bu jafokorni o'ylama.
Intilma endi, bo'ylama,
Bezalgan yor ayvoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o'yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.
Ey yurak...




Ulug'bek Rahmatullayev - Yonimda
Album Yonimda
date of release
09-11-2017




Attention! Feel free to leave feedback.