Ummon guruhi - Azob Lyrics

Lyrics Azob - Ummon guruhi



Senga ishongandim, o'zimdan ham ko'proq
Sevgimiz taqdiri ham, to'kilayotgan yaproq
Armon endi orzular, yuvib ketdi yolg'oning
Bilmam qanday o'zgalar, Zabt etdi yuraging
Men esa qoldim, shunchaki o'zim bilan
Nega bilmadim, ketding o'zga bilan
Barcha va'dalaring, bekormi endi
Shirin so'zlaring, ozormi endi
Eslayman eslayman o'sha damlarni
To'kmayman to'kmayman ko'zga namlarni
Chidayman chidayman xiyonatinga man
Bilmayman bilmayman nega ketgansan
(Nega ketgansan)
Mayli mayli endi sen tufayli
Yuragim yig'lar bo'lolmading Layli
Oq yo'l oq yo'l o'zgaga berib qo'l
O'sha bilan bir umrga baxtli bo'l
Sezdim sezdim xiyonating sezdim
Bir umrga jonim sendan bezdim
Eslab eslab tunlari bedor yig'lab
O'zing qiynama ko'ngling tig'lab
Yorim yorim sen eding bahorim
Seni deb uzildi mening dil torim
Xayr xayr bevafom xayr
O'zgalar bilan qilaver sayr
Endi meni eslama, eslamayman seni
Endi meni izlama, izlamayman seni
Endi meni o'ylama, o'ylamayman seni
Endi meni qiynama, UNUTAMAN SENI
Endi meni eslama, eslamayman seni
Endi meni izlama, izlamayman seni
Endi meni o'ylama, o'ylamayman seni
Endi meni qiynama, UNUTAMAN SENI
Eslayman eslayman o'sha damlarni
To'kmayman to'kmayman ko'zga namlarni
Chidayman chidayman xiyonatinga man
Bilmayman bilmayman nega ketgansan



Writer(s): ummon guruhi


Ummon guruhi - Bu Oqshom
Album Bu Oqshom
date of release
04-10-2015




Attention! Feel free to leave feedback.