Yulduz Usmanova - Hamroz Lyrics

Lyrics Hamroz - Yulduz Usmanova



So'zlamoq ersang gapingni
Burkama pardoz bilan
Kelsa kim qoshingga boqqin
E'tibor e'zoz bilan
Jismu joning birla tingla
Do'st yorlar suhbatin (2)
Inson insondur hamisha
Hamfikr hamroz bilan (2)
Toma toma ko'l bo'larmish
Elaro bordur naql
Bir butun olam yaralmish
Kam kamu oz oz bilan
O'z kamolingga o'zing sen
Posbonu soqchi bol (2)
Hokisoru xor etma
Ulfating nosoz bilan
Tolma oltin tog'i birla
Qolsa odat istasang
Odamiylik deb atalmish
Bebaho meros bilan
Yo'q umr yo'li uzilmas
Zoyi ketturma uni
Qaydagi nokasu nomard
Qaydagi vosvos bilan
Toabad ohujoningni
Bog'la mahkam hamroz bilan



Writer(s): Yulduz Usmanova


Yulduz Usmanova - Alma Alma
Album Alma Alma
date of release
19-07-2005




Attention! Feel free to leave feedback.