Alisher Fayz - O`zgarmas paroles de chanson

paroles de chanson O`zgarmas - Alisher Fayz



Charxi dunyo aylanar, o'sha-o'sha
Manzil tomon shaylanar, o'sha-o'sha
Dilga mos dil saylanar, hamon o'sha
Ahvolim o'nglanmas deb, nolima bas
O'zing o'zgarmasang, olam o'zgarmas
Hayot go'zal, kezay desang kezgulik
Baxtlar talay, sezay desang sezgulik
Borar yering yovuzlikmi, yo ezgulik?
Yo'llar ko'pdir ammo, qadam o'zgarmas
O'zing o'zgarmasang, so'zing o'zgarmasa
Ko'zing o'zgarmasa, olam o'zgarmas
Yangilanar har kun bu eski o'lan
Bir chalpak yog'ilmas ko'kdan ming tilim
Amdisog'da ahdlashganmiz Haq bilan
Siyohlar qurigan, qalam o'zgarmas
O'zing o'zgarmasang, olam o'zgarmas
Goho rosting, goh hazil, huzuling bor
Dunyo shunday goh dard, goh huzuring bor
Ey, dilginam ming nuqson, qusuring bor
Dardlar ming xil ammo, malham o'zgarmas
O'zing o'zgarmasang, so'zing o'zgarmasa
Ko'zing o'zgarmasa, olam o'zgarmas
Yurak o'zgarmasa, tilak o'zgarmasa
Istak o'zgarmasa, olam o'zgarmas
Umid bilan deyman, hechdan ko'ra kech
Robbim ko'ngil tugunlarin o'zing yech
Poyiga boshin urib, erta-yu kech
Yig'lab yolvormasam, olam o'zgarmas
O'zim o'zgarmasam, so'zim o'zgarmasa
Ko'zim o'zgarmasa, olam o'zgarmas
Nolam o'zgarmasa, jolam o'zgarmasa
Olamim o'zgarmasa, olam o'zgarmas
Odam o'zgarmasa, olam o'zgarmas
Dardlar ming xil ammo, malham o'zgarmas
Siyohlar qurigan, qalam o'zgarmas



Writer(s): Alisher Fayz


Alisher Fayz - Vasling Izlab
Album Vasling Izlab
date de sortie
01-03-2019




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.