Gulsanam Mamazoitova - Kelsa Qoshingga paroles de chanson

paroles de chanson Kelsa Qoshingga - Gulsanam Mamazoitova




Kelsa qoshingga agar kim hojatin ayla ravo(2)
Barchani sen birdayin kór, dema u shoh bu gado.
Davrada kòrsatma tòrni zar choponiga qarab,
Bilmagaysan qay birisin hush kòrib suygay Hudo(2).
Farqlama insonni bunda mansabu davlat bilan(2)
Bor haloyiq bir libosda tongda kelganda nido(2).
Yaxshilik qilgil avval ota birlan onaga(2),
Qon-qarindoshdan habar ol, haqlarin etgil ado,
Har na qilsang qil ibodat qilģuchiga qul olin(2),
Har namozu sajdasida ul sani qilgay duo(2).
Kelsa qoshingga agar kim hojatin ayla ravo
Barchani sen birdayin kór, dema u shoh bu gado.
Kelsa qoshingga agar kim hojatin ayla ravo
Barchani sen birdayin kór, dema u shoh bu gado.
End



Writer(s): Gulsanam Mamazoitova



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
//}