Nilufar Usmonova - Zirapcha paroles de chanson

paroles de chanson Zirapcha - Nilufar Usmonova



O'tib borar umrim lahzasi,
Ortga boqsam, xatolar qancha?
Aytgim kelar qalbim qissasi,
Ichimdagi dardsan "Zirapcha".
Nozik qalbim mehr istaydi,
Qilmishlardan afsuslar bisyor.
Zirapchalar mendan ketsaydi
Yolvoraman takror va takror.
Uyg'ongin sen yangi tong uzra,
Yangi orzu, porloq ko'z bilan.
Tikonlardan o'zingni asra,
Hayotga boq yorug' yuz bilan.
Ifor bermas gulsan "Zirapcha",
Olov emas, kulsan "Zirapcha".
O'z-o'ziga ozor beruvchi
Baxtga qarshi yo'lsan "Zirapcha".
Ey, Zirapcha...
Imkon berar taqdir o'zingga,
Etmagin sen qalbingni parcha.
Fursat kelar, qaytar baxt senga,
Ozod bo'lay desang, "Zirapcha".
Ishongin sen yangi kuningga,
Har kimda bor armonlar qancha.
O'ksinma sen, qaytma ortingga,
Har dilda bor pinhon "Zirapcha"
Uyg'ongin sen yangi tong uzra,
Yangi orzu, porloq ko'z bilan.
Tikonlardan o'zingni asra,
Hayotga boq yorug' yuz bilan.
Ifor bermas gulsan "Zirapcha",
Olov emas, kulsan "Zirapcha".
O'z-o'ziga ozor beruvchi
Baxtga qarshi yo'lsan "Zirapcha".
Ifor bermas gulsan "Zirapcha",
Olov emas, kulsan "Zirapcha".
O'z-o'ziga ozor beruvchi
Baxtga qarshi yo'lsan "Zirapcha".
Ey, Zirapcha...
Ey, Zirapcha...




Nilufar Usmonova - Zirapcha
Album Zirapcha
date de sortie
22-10-2019




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.