Ozodbek Nazarbekov - Qaro Ko'zga paroles de chanson

paroles de chanson Qaro Ko'zga - Ozodbek Nazarbekov




Yegan oshing zaharmidi,
Topsang ushshoq gavharmidi,
Zorlik shomu-saharmidi?
Ko'ngli yarim qaro ko'zim,
Yurak-bag'ri yaro qo'zim,
Qaro ko'zim.
Yosh boshing alam qaritdi,
Ko'zyoshing yolg'izlik artdi,
Seni yetim deb kim aytdi?
Ko'ngli yarim qaro ko'zim,
Yurak-bag'ri yaro qo'zim,
Qaro ko'zim, qaro ko'zim.
Senga to'le kulmasmidi,
Podsho bo'lsang bo'lmasmidi,
Jigaring och o'lmasmidi?
Ko'ngli yarim qaro ko'zim,
Yurak-bag'ri yaro qo'zim,
Qaro ko'zim.
Boshqalarga havas qilib,
Suratni onaday bilib,
Devorga qo'yibsan ilib.
Ko'ngli yarim qaro ko'zim,
Yurak-bag'ri yaro qo'zim,
Qaro ko'zim, qaro ko'zim.
Qorlar erib bahor qaytdi,
Seni yetim deb kim aytdi?
Bir kul motamsaro qo'zim,
Ko'ngli yarim qaro ko'zim-ey,
Yurak-bag'ri yaro qo'zim,
Qaro ko'zim, qaro ko'zim.
Qaro ko'zim.





Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
//}