Ulug'bek Rahmatullayev - Vatan Bilan Bo'l paroles de chanson

paroles de chanson Vatan Bilan Bo'l - Ulug'bek Rahmatullayev



Ayro tushar bo'lsa iymon va imkon,
Ikkiga bo'linib bo'lsa bu jahon,
Qilichlar tagida cho'chisa-da jon,
Vatan bilan bo'l, Vatan bilan bo'l,
Vatan bilan bo'lgin sen, Vatan bilan bo'l!
Dilingdan, tilingdan ayirsalar ham,
Boshingga solsa ham ming bitta alam,
Hatto kesilsa-da qilich va qalam,
Vatan bilan bo'lgin, Vatan bilan bo'l,
Vatan bilan bo'lgin sen, Vatan bilan bo'l!
Vatan bilan bo'l, Vatan bilan bo'l,
Vatan bilan bo'l sen, Vatan bilan.
Poyingga to'ksa ham oltin bilan zar,
Hattoki tiz choksin ming bitta shahar,
Yurt uchun haq yo'lda ichgin-da zahar,
Vatan bilan bo'lgin, Vatan bilan bo'l,
Vatan bilan bo'lgin sen, Vatan bilan bo'l!
Vatan bilan bo'l, Vatan bilan bo'l,
Vatan bilan bo'l sen, Vatan bilan.
Ustozdan boshqasi o'rgatmasin so'z,
Ogoh bo'l, qaroni ko'rsin qaro ko'z,
O'zga yurt kafanga bermas hatto bo'z,
Vatan bilan bo'lgin sen, Vatan bilan bo'l,
Vatan bilan bo'lgin sen, Vatan bilan.
Vatan bilan bo'l, Vatan bilan bo'l,
Vatan bilan bo'l sen, Vatan bilan.




Ulug'bek Rahmatullayev - Vatan Bilan Bo'l
Album Vatan Bilan Bo'l
date de sortie
20-11-2016





Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.