Ulug'bek Rahmatullayev - Choygacha paroles de chanson

paroles de chanson Choygacha - Ulug'bek Rahmatullayev




Qandu-novvot jilosi
Borsa qaynoq choygacha,
Yorning dimog'i baland,
Yetib borar oygacha.
Qaramaydi, boqmaydi,
Biror so'zim yoqmaydi.
Qiz bolaning nozlari,
Deydilarki to'ygacha.
Qandu-novvot jilosi
Borsa qaynoq choygacha.
Quyosh taftidan erib
Ketadi qorday qizlar.
Yurakdanmas quloqdan
Sevadi go'zal qizlar.
Biz quyoshmiz, mehr-la
Eritamiz muzlarni.
Asrab-avaylab sevmoq
Kerak go'zal qizlarni-yey.
Qandu-novvot jilosi
Borsa qaynoq choygacha,
Yorning dimog'i baland,
Yetib borar oygacha.
Qandu-novvot jilosi
Borsa qaynoq choygacha,
Qiz bolaning nozlari,
Deydilarki to'ygacha.
Ayolligi, vafosi
Emas uning xatosi.
Ayol kishi bir og'iz
Shirin so'zning gadosi.
Qo'llariga gul tutib,
Xato qilsa unutib,
Ayol gul, gulni esa
Avaylab kaftda tuting.
Qandu-novvot jilosi
Borsa qaynoq choygacha,
Yorning dimog'i baland,
Yetib borar oygacha.
Qaramaydi, boqmaydi,
Biror so'zim yoqmaydi.
Qiz bolaning nozlari,
Deydilarki to'ygacha.
Qandu-novvot jilosi
Borsa qaynoq choygacha.





Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.