Ummon guruhi - Do'st paroles de chanson

paroles de chanson Do'st - Ummon guruhi



Do'st hayot bizni sinovga tashladi,
Kim do'st kim dushman ajratmadi.
Do'st hayot ko'zlarimni yoshladi,
Rahm shafqatsiz jazoladi.
Rizqini bo'lishgan, haqqimni yemagan
Yonimda tik turgan do'st, do'st.
Onam betob bo'lsa men kabi qayg'urgan,
Yonimda tik turgan do'st aziz do'st.
Yonginamda yon bo'lgan yoshligim birga o'tgan,
Yesa bo'lishib yegan do'st do'st.
Oqibat qalbda yashasin albat,
Vaqt o'tib do'stga do'st muhtoj bo'ladi albatta.
Yuztuban mol-dunyo, boylik quliga aylandimi,
Bir kun kelib aniq qolar g'aflatda.
Avval o'yla topiladi mayli pul boylik,
Munosabat buzildimi tiklash qiyindir do'stlik.
Ahir do'stlik ila hayoting ham bo'lar mazmunli,
Haqiqiy do'stlar ko'p emas bo'lar ekan sanoqli.
Og'ir kuningda yonongda bo'ladigan bu kim?
Sohta do'stlar esa bahona topib turar jim.
Ba'zilar yoningda paydo bo'lar bo'lsa foyda,
Haqiqiylari tayyor turar har vaqt har joyda.
Chin do'stlarim sizlardan bir umrga minnatdorman,
Yaxshi yomon kunlaringizda doimo men borman.
O'rtamizda mustahkam ishonch buzilmasa bas,
Haqiqiy do'stlik boylik bilan hech ham o'lchanmas.
Rizqini bo'lishgan, haqqimni yemagan
Yonimda tik turgan do'st, do'st.
Onam betob bo'lsa men kabi qayg'urgan,
Yonimda tik turgan do'st aziz do'st.
Yonginamda yon bo'lgan yoshligim birga o'tgan,
Yesa bo'lishib yegan do'st do'st.
FayzFm.uz Bir Qadam Oldinda



Writer(s): ummon guruhi


Ummon guruhi - Bu Oqshom
Album Bu Oqshom
date de sortie
04-10-2015




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.