paroles de chanson




Men seni boshqacha deb o'ylardim, o'zgacha,
Lek sen ham ekansan oddiy, sen ham ekansan o'sha-o'sha.
Aytgin, bunchalar arzon bizni bog'lab turgan rishtalar bahosi,
Bunchalar ham yolg'on ko'zlaring qarosi?
Sening so'zlaringda yo'q haqiqat,
Men oxiri shunga bo'ldim iqror:
Men senga hamma sirlarim yig'ib,
Aytib bergan ekanman bekor.
Bugun yolg'iz o'zim, dardlarimni
Yomg'irlarga aytib ovunaman.
Sen meni tashlab ketgan jarlikdan,
Albatta, bir kun kelib qutulaman.
Qaytib kelganda bahor,
Erib ketganda so'nggi yog'gan qor,
Bog'lar ichra takror,
Ko'risholmaymiz diydor.
Lablari meni aldadi,
Tubsiz zulmatga tashladi,
Oxir yolg'iz qoldirib,
Hatto xayrlashmadi.
Men seni boshqacha deb o'ylardim shu kungacha,
Kuzatmasdim, tekshirmasdim, ishonardim o'tgan tungacha,
Afsus shuncha yil adashib kelgan ekanman bugungacha.
Shu kungacha men senga borimni berdim, azizam,
Bir umr birga bo'lamiz, bo'lasan rafiqam,
Deb o'ylardim, afsus adashdim, seni tanlab adashdim.
Kimlar nimalar demadi sen haqingda,
Men esa yoningni olib, bo'ldim yoningda.
Kulgim kelmasa ham, kuldim kuldirganingda,
Kuysang, besh battar kuydim yuragim tubida.
Ortimizdan gapirganlar bo'ldi haq,
U esa aldardi ko'zlarimga tik qarab.
Uzun qizil tirnoqlari bilan yuragimga
Ismin yozib ketdi atay, o'chmas qilib tirnab.
Olisdagi baxtlilar yordam qo'lin beringlar,
Baxtsizlikdan charchadim, meni olib ketinglar.
Yolg'izgina Allohim, o'zingdirsan guvohim,
Yolg'izlikdan charchadim, o'zing bo'lgin panohim.
So'z demay ketgani xanjardan battar botdi
Yuragimga, tuyg'ularimga.
Malham bo'lib kelmadi o'zidan qolgan bitmas
Yaralarimga, alamlarimga.
Qaytib kelganda bahor,
Erib ketganda so'nggi yog'gan qor,
Bog'lar ichra takror,
Ko'risholmaymiz diydor.
Lablari meni aldadi,
Tubsiz zulmatga tashladi,
Oxir yolg'iz qoldirib,
Hatto xayrlashmadi.



Writer(s): zohid riskiyev


Ummon - To'plam
Album To'plam
date de sortie
03-01-2019

1   Tola
2   Sen Kechir
3   Jinuni
4   Qiynama Yuragimni
5   Ona
6   Pari Pari
7   Shamol
8   Sog'inganim Mani
9   O'asalim
10   Oq Gulim
11   Osmodagi Oy
12   Qo'g'irchoq
13   Sog'ina
14   Sog'inganim
15   Topi
16   Unutaman
17   Yillar o'tib Ketibti
18   Yurak Yeg'laydi
19   Zamonaviy U
20   Aybim
21   Bostimi Bosti
22   Bum Bum
23   Dardlar
24   Dengiz
25   Hammamiz Birga
26   Kechirgin
27   Mariya
28   Yig'lama Yurak
29   Meni Aldadi
30   Qanday Untding
31   Qaytaolmaymiza
32   Sen
33   Sensiz
34   Sog'indim Asalim
35   Yordam Ber
36   Menga Qarab
37   Ko'prik
38   Adolat
39   Alvido
40   Ana Endi Yeg'la
41   Bino
42   Bir Kun
43   Hammasi Yolg'on
44   Ishon
45   Jonim Yur
46   Kechalar
47   Kelmasa Malol
48   Kerakmas
49   Kim Deya
50   Ko'ngil
51   Yonaman
52   Yo'q
53   7 Qavat
54   Dona Dona
55   Eslab qol
56   Mayda Mayda




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
Chargement
Chargement