Alisher Fayz - Alvido текст песни

Текст песни Alvido - Alisher Fayz



Sevganimni shum taqdir
Begonaga uzatdi,
So'ng shu taqdirning o'zi
Yor-yor aytib kuzatdi.
Yonib-yonib kul bo'ldi
Yuraklarda sevgimiz,
Baxtin topgan kim bo'ldi
Baxtsiz bo'ldik ikkimiz.
Qaydan keldi sevgilim
Ikkimizga tengidan
Bu jafo...
Bu jafo...
Hayr deyman sevgilim,
Alvidolar sevgilim, alvido.
Yolg'iz yurma inim deb
Majnunlar ham deydilar marhabo,
Ey ishq dardiga mubtalo
Etting endi bu dardim bedavo,
Bedavo
Bedavo
Bu dunyoda muhabbat
(Bu dunyoda muhabbat)
Kimlar uchun o'yindir,
Qo'llarimda surating
Bugun to'yingdir!
Yig'lamasman ko'z yoshim
Daryolarga to'lsa ham,
Ayriliqning og'rig'i
Yomon bo'lsa ham.
Qaydan keldi sevgilim
Ikkimizga tengidan
Bu jafo...
Bu jafo...
Hayr deyman sevgilim,
Alvido...
Yolg'iz yurma inim deb
Majnunlar ham deydilar marhabo,
Ey ishq dardiga mubtalo
Etting endi bu dardim bedavo.
Bedavo...
Bedavo...
Bedavo...




Alisher Fayz - Yaxshiyam siz bor
Альбом Yaxshiyam siz bor
дата релиза
10-08-2011




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.