Bojalar - Balki текст песни

Текст песни Balki - Bojalar



Ko'rmaganning ko'rgani qursin, buni bilaman,
Ilk bora ko'rganimdan, jonim, seni sevaman,
Jonginam, o, mani jonginam.
Ko'zlaring quvnaganda yonaman, kulaman,
Ko'zlaring namlansa gar, kuyaman, so'naman,
Yig'lama, o, jonim, yig'lama.
Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.
Dushmanlarim bormi, yo'qmi do'stlarda, bilmayman,
Lek yuragimdan seni sevganimni bilaman,
Jonginam, o, mani jonginam.
Boriga baraka, chumchuq qarg'aga mos emas,
Arslon ohuga ko'ngil sira ham berolmas,
Axir biz insonlar, o, mani jonginam.
Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.
Yetti o'lchab, bir kesib, yoningga men kelaman,
Gaplarim gapirolmay, ortga qaytib ketaman,
Jonginam, voy, mani yorginam.
Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.




Bojalar - Balki
Альбом Balki
дата релиза
02-09-2016

1 Balki




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.