Dildora Niyozova - Oxirgi Kun текст песни

Текст песни Oxirgi Kun - Dildora Niyozova



Hayot charxpalagi aylanar tinmay,
Kim uchun kun o'tar go'yo bir yilday.
Bu umr yo'limiz tekkismas birday,
Kim bo'lay deydi voh dunyo ustuni,
Kimnidir shu bugun oxirgi kuni!
Kimga baxt etishmas, kimgadir davlat,
Kimlar xor etadi, kim tilar farzand,
Kim o'zar yo'llari bunchalar tirband,
Hamma ham o'zicha hayot maftuni,
Kimnidir shu bugun oxirgi kuni!
Birma-bir to'ldirib marhumlar safin,
Har kuni kimnidir etdilar dafn,
Bizga bundan ortiq dars bormi tag'in,
Davom etsada bu hayot har kuni,
Kimnidir shu bugun oxirgi kuni.
Berilib yashaymiz dunyo zavqiga,
Bu o'yin kulgu-yu, shodlik shavqiga,
Tan olmay qaytishni zamin bag'riga,
Davom etsada bu hayot har kuni,
Kimnidir shu bugun oxirgi kuni.
Hayot charxpalagi aylanar tinmay,
Kim uchun kun o'tar go'yo bir yilday,
Bu umr yo'limiz tekkismas birday,
Kim bo'lay deydi voh hayot ustuni,
Kimnidir shu bugun oxirgi kuni.




Dildora Niyozova - Oxirgi Kun
Альбом Oxirgi Kun
дата релиза
10-11-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.