Hulkar Abdullayeva - Qurbon O'lam текст песни

Текст песни Qurbon O'lam - Hulkar Abdullayeva




Kel-keley, mohiliqo, husningga qurbon o'lam
Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o'lam
Chashmi mastu labi xandoningga qurbon o'lam
Oftobi ruyi toboningga qurbon o'lam
Qadi shamshodu xiromoningga qurbon o'lam
Yor sana qurbon o'lam
Ikki qoshing qalamu, ikki ko'zing chashamai nur
Barq urib oyinadek siynayi sofing ko'rinur
Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur
Yo'q nazokat ichida sen kabi durdonayi dur
Qaddi navrastayi larzoningga qurbon o'lam
Yor sana qurbon o'lam
Ikki ko'zing ravshanu, shahdu shakar, sham'i jamol
Man dili xastaga rahm ayla bugun, ko'nglimni ol
Qilma ko'p jabru sitam, qolmadi hech tobi majol
Yo kulib, boshimni kes, qonimni to'k, jonimni ol
Qo'llaring panjayi xurshid, beling g'unchamiyon
Ko'ylak ichra badaning
Ko'ylak ichra badaning sof erur obiravon-ay
Rahm etib kel mani
Rahm etib kel mani og'ushima ey ofatijon-ey
Qaddu bastingga tasadduq bu Fuzuliy qila jon
Man sani lali badaxshoninga qurbon o'lam
(Qurbon o'lam)
Yor sana qurbon o'lam-ay





Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.