Jahongir Otajonov - Lola текст песни

Текст песни Lola - Jahongir Otajonov



Mendan nima qolar:
Ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq
Lola, lola, lolajonim,
Lola, lola, Lolaqizg'aldoq!
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq
Lola, lola, lolajonim
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo'l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko'rkli bir malak.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo'lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo'lmas hech qachon...
Lola, lola, lolajonim,
Lola, lola, Lolaqizg'aldoq!
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq
Lola, lola, lolajonim
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko'kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo'l qoq
Lola, lola, lolajonim,
Lola, lola Lolaqizg'aldoq!
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq
Lola, lola, lolajonim,
Ularni men yana
Ko'rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To'ylar boshlandi.
Yuragim pora
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim...
Demak, taqdir ekan
To'y ko'rmay o'lmoq,
Lola, lola, lolajonim,
Lola, lola Lolaqizg'aldoq
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq
Lola, lola, lolajonim



Авторы: Jahongir Otajonov


Jahongir Otajonov - Qaddi Baland
Альбом Qaddi Baland
дата релиза
14-12-2018




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.