Janob Rasul - Erkak текст песни

Текст песни Erkak - Janob Rasul



Rizqi-ro'z ishqida bir joni halak,
Mag'ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha'nini tutib turguvchi,
Tosh o'tmas qo'rg'oni bo'larkan erkak.
Umidi uzilsa qoshi-hiloldan,
Mehr ko'rmasa gar sohibjamoldan,
Xudo nasib etmasa jufti-haloldan,
Sarg'ayib-sarg'ayib so'narkan erkak. {}
Yuragi qonini tuproqqa qorib,
Imorat solarkan yog'ochlar yorib.
Uzun kechalarda Haqqa yolvorib,
Farzandiga iqbol tilarkan erkak. {}
Umr o'tar, kelar turnalar qaytib,
Eski dardlar qalbin tirnalar qaytib,
Ayoli dardini yig'lasa aytib,
Zor yig'lab, yolg'ondan kularkan erkak. {}
Umr o'taverar bag'rini o'yib,
Musibat qiynaydi, bepichoq so'yib.
Ayolin ko'ksiga boshini qo'yib,
Goho tik oyoqda o'larkan erkak. {}
Rizqi-ro'z ishqida bir joni halak,
Mag'ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha'nini tutib turguvchi,
Tosh o'tmas qo'rg'oni bo'larkan erkak.



Авторы: janob rasul


Janob Rasul - Erkak
Альбом Erkak
дата релиза
16-09-2017

1 Erkak


Еще альбомы
Исполнитель Janob Rasul, альбом Bomba
2020
Исполнитель Janob Rasul, альбом Oynonoy
2019
Исполнитель Janob Rasul, альбом Shayton
2019
Исполнитель Janob Rasul, альбом Do'st
2019
Исполнитель Janob Rasul, альбом Super
2019
Исполнитель Janob Rasul, альбом Super
2019
все альбомы


Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.