Radius 21 - Monolog текст песни

Текст песни Monolog - Radius 21



Azizim mensiz...
Ishonaman, aytganlaring samimiy bari
Lekin, birdek tutolmaymiz mayl-rag'batni
Ehtiroslar mahsulidir ahd ila paymon
Ammo, o'sha olov bir kun so'nar begumon
Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin
Bir kun yerga shart uzilib tushmog' tayin
Yashash uchun qasamlarni unutish lozim
Qasamlarki shosha-pisha ichamiz doim
Yolg'iz bitta rag'bat uchun yashamaymiz bas
Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas
Alvon-alvon suratida sevinch va qayg'u
Bir-birini sovuradi, suradi yoxu
Sevinch degan ko'rinadi qayg'uga xira
Qayg'uning ham sevinch bilan ishi yo'q sira
Hamma narsa muvaqqatdir, foniydir hayhot
Qaydan kelsin muhabbatning umriga sabot
Kim kimniki buni hali yechmoq kerakdir
Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir
Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar
Yuksalganda dushmanlaring do'st bo'lib turar
Xo'sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu?
Kimki do'stdan bezor bo'lsa uning do'sti mo'l
Do'stga muhtoj bo'lib do'stni o'ylagan odam
Oxir dushman qilib qo'yar yolg'iz do'stni ham
Boshlagandim o'sha gapga qaytaman yana
Dunyo degan tuganmas bir tasodifxona
Kerak payti bizning izmu-ixtiyordamas
Orzu qilar, istak qilar, mahsuli qolmas
Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar
To birinchi bevalikka yetgunga qadar
Taqdir shartlarga berolmay bardosh
Tashlab ketdi mana yosh bir qalamqosh
Bir deganda ketdi ham do'st, ham sirdosh
O'ylab ko'r sababi nima?
Aha, maosh...
Masofa cheksiz, azizim mensiz
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu paymon
Azizim mensiz, masofa cheksiz
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon
Poyimda dengiz, men esa sensiz
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz, sohilda yolg'iz
Masofa bepoyon...
Masofa cheksiz, azizim mensiz
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu paymon?
Azizim mensiz, masofa cheksiz
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon
Poyimda dengiz, men esa sensiz
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz, sohilda yolg'iz
Masofa bepoyon...
Masofa bepoyon!



Авторы: Shahzod Gulomov


Radius 21 - Xotira
Альбом Xotira
дата релиза
16-07-2014


Еще альбомы
Исполнитель Radius 21, альбом Senmusan
2020
Исполнитель Radius 21, альбом Mag'rur
2014
Исполнитель Radius 21, альбом Duet
2014
все альбомы


Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.