Sardor Mamadaliyev - Otang Rizo Bo'lmasa текст песни

Текст песни Otang Rizo Bo'lmasa - Sardor Mamadaliyev



Boshingni devorga urib qolasan,
Husni-xulqing agar raso bo′lmasa.
Ko'kargan bo′lsangda so'lib qolasan,
Onang agar sandan rizo bo'lmasa,
Otang agar sandan rizo bo′lmasa.
Gerdayib yursangda, tagingda oting,
Qanchalar ulug′vor bo'lmasin zoting,
Bir puldir mehrsiz o′tkazgan oning,
Onang agar sandan rizo bo'lmasa,
Otang agar sandan rizo bo′lmasa.
Kun kelar, qalbingda armon to'ladi,
Tavbang o′tmay, ranging somon bo'ladi,
Bolangdan qaytgani yomon bo'ladi,
Onang agar sandan rizo bo′lmasa,
Otang agar sandan rizo bo′lmasa.
Oxiring voy bo'lib, g′aflat toparsan,
Odamlar ko'zida nafrat toparsan,
Xudoyimdan qandoq rahmat toparsan,
Onang agar sandan rizo bo′lmasa,
Otang agar sandan rizo bo'lmasa?
Ota-onang sandan rizo bo′lmasa



Авторы: Sardor Mamadaliyev


Sardor Mamadaliyev - Yigit Nolasi
Альбом Yigit Nolasi
дата релиза
05-05-2018




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.