Shahriyor feat. Shohruhhon - Quvg'in текст песни

Текст песни Quvg'in - Shahriyor feat. Shohruhhon



Heey, dam dema...
Hech kimga ma'lum emas holi-parishonim maning
Osmonni tiyra qildi ohu-afg'onim maning
Qalbim nima istar, bilolmadim man shu paytgacha
Kechalari oy bilan diydorlashib vidolashaman
Keladigan tungacha
Kunim o'tar. Unda na mazmun, na bir nihoya
Na bir hulosayu hikoya
Hayotim shu tarz o'taveradi aniq itoatida
Mening esa ko'nglim hech bir zamon uchratmagan zoti pokimda
Dam bu damdir, o'tgan damni dam dema
(O'tkan kunni dam dema) dam dema
Yorsiz o'tkazgan damni dam dema
(Yorsiz kunni dam dema) dam dema
Ko'zlarim ochiladi tong sahardan ertalab
Yanada kaminadan ne talab, shu dam holatim darg'azab
Yumdim ko'zimni, soxta ro'yodan kechdim
Har nedin begona bo'ldim
Bo'ldim quvg'in man bu dunyo ichinda
Bir dona edim, ming dona bo'ldim
Dam bu damdir, o'tgan damni dam dema
(O'tkan kunni dam dema) dam dema
Yorsiz o'tkazgan damni dam dema
(Yorsiz kunni dam dema) dam dema
Dam dema, dam dema, huo-u dam dema
(Quvg'in bo'ldim, quvgin bo'ldim)
Dam dema, dam dema, huo-u dam dema
(Bir dona edim ming dona bo'ldim)
Dam bu damdir, o'tgan damni dam dema
(O'tkan kunni dam dema) dam dema
Yorsiz o'tkazgan damni dam dema
(Yorsiz kunni dam dema) dam dema
Yorsiz kunni dam dema...




Shahriyor feat. Shohruhhon - The Best
Альбом The Best
дата релиза
27-08-2013



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.