Shahriyor - Tashlandiq текст песни

Текст песни Tashlandiq - Shahriyor



Tashlandiq, tashlandiq, tashlandiq, tashlandiq, tashlandiq.
U qo'rqmas o'limdan, hatto g'am-dardlardan, hayot endi bu go'dak uchun sinov, u tug'ilganidan beri bardosh, kurash va harakat, qalbida yildan-yilga to'ladi nafrat, shiori faqat sabr toqat, boru-yog'i cho'lga oqibat, ammo o'zi topadi na baxt va omad, mayli deb ishondi, baxt deb kurashdi, o'z o'rnini topishga harakat qildi, do'sti dovyurak tirishqoq va mard, armoni qalb ostida faqat bitta dard, aytingchi do'stlar qani haqiqat, qani haqiqat, bolalik mazasini totib ko'rmagan, ey Xudo so'ragan edi sandan atigi bir faryod, oqibatda tark etdi uni oxirgi najot, quvonch va mehrni faqat oq-qora kinoda ko'rgan, Kim deysizmi?
Ha, o'sha gunohsiz tashlandiq.
Yo'q ism, yo'q xotira faqat beparvo yetimlarcha dardlar, a.
Kimni aybi u, kimni aybi u, tashlandiq?
Kimni gunohi, kimni gunohi u, tashlandiq?
Kimni aybi u, kimni aybi u, tashlandiq?
Kimni gunohi, kimni gunohi u, tashlandiq?
Tashlandiq aha aha tashlandiq oho oho tashlandiq ehe ehe tashlandiq, Tashlandiq.
U ko'rdi hayotni, ammo ko'rmadi ota-ona mehrini, tengdoshlariga qarab orzu havas dardi ichida hech kimga ko'rsatmas, na sevgi, na sog'inch, na mehr, bu hayotda nima qilsam ekan man, na sevgi, na sog'inch, na mehr, umrim zulmat bo'lib o'tar ekan man, yuragi tosh, qat'iyan hamma narsaga berar bardosh, bo'yin egmas hech kimga, maqsad qo'ysa dam hammaga, bil bu bolani fe'li o'zgacha, shamol kabi esadi u yonga bu yonga, qaysi savol qiynar ekan uni?
A unga faqat bitta javob, o'sha bo'lsa ham nega hayot bunaqa harob, darbadar bo'ldi, ochlikkayu tashnalikka chidadi, kim uchun, nima uchun, qaysi gunohlari uchun?
A, o'lim ko'ziga tik qaradi olg'a bordi endi hech qaytmas orqaga, endi hech qaytmas orqaga.
Kimni aybi u, kimni aybi u, tashlandiq?
Kimni gunohi, kimni gunohi u, tashlandiq?
Kimni aybi u, kimni aybi u, tashlandiq?
Kimni gunohi, kimni gunohi u, tashlandiq?
Tashlandiq aha aha tashlandiq oho oho tashlandiq ehe ehe tashlandiq, Tashlandiq.
Kimni aybi u, kimni aybi u, tashlandiq?
Kimni gunohi, kimni gunohi u, tashlandiq?
Kimni aybi u, kimni aybi u, tashlandiq?
Kimni gunohi, kimni gunohi u, tashlandiq?
Tashlandiq aha aha tashlandiq oho oho tashlandiq ehe ehe tashlandiq, Tashlandiq.




Shahriyor - The Best
Альбом The Best
дата релиза
27-08-2013


Еще альбомы
Исполнитель Shahriyor, альбом Ota Duosi
2019
Исполнитель Shahriyor, альбом Zubayda
2019
все альбомы


Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.