Shahzoda - Bobojon текст песни

Текст песни Bobojon - Shahzoda



Boshim silagan qo'llaringizni,
Baxtim tilagan so'zlaringizni,
Bosib siz yurgan yo'llaringizni,
Izlab topolmam izlaringizni...
Endi qaylardan toparman sizni
Sog'inganda, bobojon?
Bobojonim, qani yana bola bo'lib
Yursam edi yoningizda!
Mehribonim, qani yana bir lahzaga
Ko'rsam sizni bog'ingizda!
Siz ekkan daraxt mevasin terib,
Har barglarini men silayman,
Siz chekkan zahmat,
Mehnatingizni anglab shu dam...
Sizni bugun men sog'insam,
Endi qaylardan toparman sizni
Sog'inganda, bobojon?
Bobojonim, qani yana bola bo'lib
Yursam edi yoningizda!
Mehribonim, qani yana bir lahzaga
Ko'rsam sizni bog'ingizda!
Qaytar yana umr bahori,
Hayot tinmay etadi davom,
To'xtaydi deb sog'inch ozori
Kim aytadi menga, bobojon?
Umr buncha qisqadir, umr
Bir zumgina qilolmas sabr.
Qani iloj bo'lsaydi, bir on
Diydoringiz ko'rsam, bobojon...
Bobojonim, qani yana bola bo'lib
Yursam edi yoningizda!
Mehribonim, qani yana bir lahzaga
Ko'rsam sizni bog'ingizda!




Shahzoda - Unutmadim
Альбом Unutmadim
дата релиза
11-03-2013




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.