Shoxrux - Ona Yuragi текст песни

Текст песни Ona Yuragi - Shoxrux



Ota-Ona har doim tongdan duo qilishardi
Oila katta emas
Yagona o'g'il xalos
Baxtli bu oila, hamma havas qiladi
Bir yil bo'lgandi to'yi bayramiga
Orzu-niyat bilan yagona o'g'lini uylantirdi
Mana bir yil o'tdi
Kelin tug'ruqxonada
Bu qanchalar quvonch nabira keladi axir
Onaizor va Ota hecham sig'masdi o'ziga
Xabar keldi kechasi:
"Muborak bo'lsin egizak biri o'g'il
Biri qiz hayoti baxtli o'tsin" - deya
"Ota bo'libsan õg'lim
Qabul qil tabrigiim"
Onani ko'zida quvonch ko'zyoshlari
Shunda Ota va o'g'il shoshildi tug'ruqxonaga
Quvonchi o'ziga sig'masdi, shoshilardi
Onani yuragi sezdi ular shoshilganini
Tinmay qo'ng'iroq qildi xavotirda ona
Umrni so'nggi bekati keldimi yoki tasodifmi
Xursandligidan spidomert 100 avtomobilida
Yo'l qoidalarini hatlab o'tdi ota va o'g'il
Oqibati halokat asar ham qoldami ulardan
Buyog'iga bayonning hojati yo'q
Jon berdi ular
Ona esa bechora qo'ng'iroq qilaverardi
Yurag yutib kutdi
Lekin baxtli oila taqdiri yakun topib bo'lgandi...
Ona bariga chidadi bo'lsa ham og'ir
Eri va o'g'lini kiyimlari,
Xonadagi rasmlar, o'sha uy
Ammo Onani yuragi hamma narsani ko'tardi
Nabiralari va kelini shundoq tashlab qo'ymadi
"Qayta turmush quring, hali yoshsiz" - derdi
Kelin esa eriga bo'lgan muhabbatini pesh qilaverardi
Onaning yuragi yana bir bor tig'landi
Kelin va nabiralariga uy-joy barini taht qilib berdi
To'qlikni ko'rmagan kelin qaynonasini hecham eslamadi
Nabiralarini ko'rgani faqat Ona keldi yo'qlab
Erin sevardiku lekin qaynonasini yo'qlab bormadi
Har kuni bayram, dugonalar,
Ochilgan shampan vinosi,
Internet, aloqa, tanishuv, rasmlar
Hatto WhatsApp!
Yoqtirib qolishdi bir-birin go'yo Layli va Majnunlar
Taklif uyiga begona erkak
Gullar, romantika
O'sha kuni esa erining vafotiga bir yil bo'lgandi
Ona esa avval qabristonga, ziyoratga
So'ngra harid qildi nabiralarin tug'ilgan kuniga
Eshik qoqdi...
Kelin mast, maishat, kayfiyat, qani or-nomus?
Axir begona erkak bilan
Ko'zlariga ishonmasdi Ona bechora
Nabiralarin oldiga yugura kirdi qani ular?
"Bugun bayram ular dugonamda" - deya javob berdi kelin
Sinib ketdi shu dam Onaizorning yuragi
Bariga chidagan yurak lek buni ko'tarolmadi.




Shoxrux - Singles
Альбом Singles
дата релиза
14-09-2014


Еще альбомы
Исполнитель Shoxrux, альбом Baravar
2021
Исполнитель Shoxrux, альбом Ищу
2021
Исполнитель Shoxrux, альбом Zakovat
2021
Исполнитель Shoxrux, альбом Davom Etar
2020
Исполнитель Shoxrux, альбом Davom Etar
2020
Исполнитель Shoxrux, альбом Ota Ona
2020
Исполнитель Shoxrux, альбом Ota Ona
2020
Исполнитель Shoxrux, альбом Balandda
2020
Исполнитель Shoxrux, альбом Balandda
2020
все альбомы


Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.