Ulug'bek Rahmatullayev - Ona текст песни

Текст песни Ona - Ulug'bek Rahmatullayev



Begzod Maxmudov:
Oramizda onasi yo'q inson qancha,
Hayotining ma'nosi yo'q inson qancha.
Davlatimsiz hatto xasta holingizcha,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}
Istasangiz, qo'lingizga tayoq bo'lay,
Oyog'ingiz o'rniga men oyoq bo'lay.
Yo'lingizni yoritguvchi chiroq bo'lay,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}
Duo qiling, duoyingiz kerak menga,
Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga.
Achinmaydi o'zingizdan bo'lak menga,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}
Siz tufayli birovdan kam bo'lmay o'sdim,
Shu yoshgacha zarra alam ko'rmay o'sdim.
Bu dunyoda bittagina sodiq do'stim,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}
Duo qiling, duoyingiz zarur menga,
Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga.
Achinmaydi o'zingizdan bo'lak menga,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}
Istasangiz, qo'lingizga tayoq bo'lay,
Oyog'ingiz o'rniga men oyoq bo'lay.
Yo'lingizni yoritguvchi chiroq bo'lay,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}



Авторы: ulug'bek rahmatullaev


Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi Olma
Альбом Qirmizi Olma
дата релиза
07-03-2017




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.