Yorqinxo'ja Umarov - Memiram текст песни

Текст песни Memiram - Yorqinxo'ja Umarov



Ko'zlaringga boqsam, dardlarim ketar,
Sen va ukang bori menga yetar.
Alloh bergan menga, to'rt muchasi sog',
Sardorim o'g'lim, qizim Hayriniso.
Bobosining erkasi, ona qizim,
Quyib qo'ygan yoshligim, xuddi o'zim.
Siz borsizki, yorug'dir mudom bu yuzim,
Alloh bergan omonatlarim.
Olam shodliklari sendadir, qizim,
Hayotim yoritgan yorug' yulduzim.
Yaratganga sanolar bo'lsin ming bor,
Bu hayotda chunki baxtimga sen bor.
Olam shodliklari sendadir, qizim,
Hayotim yoritgan yorug' yulduzim.
Yaratganga sanolar bo'lsin ming bor,
Bu hayotda chunki baxtimga sen bor. (
Umringga, bormanki, umr tilayman,
Baxtingga o'lguncha sherik bo'lay man.
Bobong bilan buvinglarni singari
Ulg'ayganda rohating ko'rib yuray man.
Umr o'tib borar sira to'xtamas,
Dunyoda go'zallar senga o'xshamas.
Bir shirin so'zing dardimning darmoni,
"Sizni yaxshi ko'raman, dada", desang bas.
Olam shodliklari sendadir, qizim,
Hayotim yoritgan yorug' yulduzim.
Yaratganga sanolar bo'lsin ming bor,
Bu hayotda chunki baxtimga sen bor.
Olam shodliklari sendadir, qizim,
Hayotim yoritgan yorug' yulduzim.
Yaratganga sanolar bo'lsin ming bor,
Bu hayotda chunki baxtimga sen bor. (



Авторы: Ibrohim Jiyanov, Muhammad Aziz


Yorqinxo'ja Umarov - Memiram
Альбом Memiram
дата релиза
25-02-2021




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.