Yulduz Usmonova - Sanamgina текст песни

Текст песни Sanamgina - Yulduz Usmonova



Olov yashar yuragimda, alam qani,
Bir tasalli yoki yupanch, malham qani,
Qish chillasi qaqshatadi, ko′klam qani,
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina.
Menga aytgan qo′shiqlari yolg'on ekan,
Yo hammasi esdan chiqib qolg'on ekan,
Sarvi bo′yni majnuntoldan olg′on ekan,
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina.
Yondiradi, kuydiradi sanamgina,
Qoshi qora, ko′zi qora qalamgina.
Yondiradi, kuydiradi sanamgina,
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina.
Ey, kipriklarin nayzasiga fido bo′lay,
Ko'z uchida qaraganda ado bo′lay,
Sevaman, deb pichirlagan sado bo'lay,
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina.
O, mohim mening, mohlardan ham suyugimsiz,
Topganim, talpinganim, buyugimsiz,
Kuygan dilim bir parchasi, kuyugimsiz,
Qoshi qora, ko′zi qora qalamgina.
Yondiradi, kuydiradi sanamgina,
Qoshi qora, ko′zi qora qalamgina.
Yondiradi, kuydiradi sanamgina,
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina.




Yulduz Usmonova - Buncha Go'zal Bu Xayot
Альбом Buncha Go'zal Bu Xayot
дата релиза
18-10-2017




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.