Zohid - Aprel текст песни

Текст песни Aprel - Zohid



Aprel oyi edi o'shanda,
Yomg'irlar yog'a boshlagandi.
Taqdir bizlarni uchrashtirdi
Va hayotimiz baxtga to'ldirdi.
Taqdir qildimikin bir hazil?
Hazili hayotimga yomon ta'sir qildi.
Yorning ko'z yoshlarin ko'rib,
Alam battarroq qiynardi.
Eslab, eslab seni,
Asta unutmoqdaman.
Yurakda kuz yig'laydi,
Xazonga aylanmoqdaman.
Yig'lab, yig'lab meni
Unutib yubordingmi?
Men sen deb yosh to'kolmadim,
Lek unutib ham yuborolmadim.
Aprel oyi qoldi qalbimda,
Qalbimdagi shirin tarixda.
Hayotimdagi eng baxtli kun
G'oyib bo'ldi bamisli tutun.
Mehridaryo, vafoli yorim,
Yorim yosh to'ksa, og'riydi jonim.
Jonim, men uni sezib yuraman,
Alam yutar, bilib turaman.
Eslab, eslab seni,
Asta unutmoqdaman.
Yurakda kuz yig'laydi,
Xazonga aylanmoqdaman.
Yig'lab, yig'lab meni
Unutib yubordingmi?
Men sen deb yosh to'kolmadim,
Lek unutib ham yuborolmadim.
Aprel oyi edi o'shanda...



Авторы: zohid


Zohid - So'ramanglar
Альбом So'ramanglar
дата релиза
01-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.