Zohid - Kapalak текст песни

Текст песни Kapalak - Zohid



Sog'inchlardan yurak tashna,
Bu holimga nazar tashla.
Dunyoni tark etmasimdan,
Rahming kelib, ko'zing yoshla.
To'yolmasman bo'ylaringga,
Hatto yo'l yo'q o'ylariga,
Nahot, qayta yetolmasman
Sening ul xushro'ylaringga?
Xayr deyman-u, ko'na olmayman,
O'lay deyman-u, o'la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo'lib,
Senday bir gulga qo'na olmayman.
Darmon bo'lmas hech bir giyoh,
Sog'inchdan bu dilim siyoh.
Rahming kelib gulim menga,
Shifo bo'lib tashla nigoh.
Bir paytlar bo'lib paydo,
Aylaganding meni shaydo.
Senla boshlangan ertagim
Sensizlikda bo'lar ado.
Xayr deyman-u, ko'na olmayman,
O'lay deyman-u, o'la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo'lib,
Senday bir gulga qo'na olmayman.
Xayr deyman-u, ko'na olmayman,
O'lay deyman-u, o'la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo'lib,
Senday bir gulga qo'na olmayman.
Kimlardir boshimizga soldi qayg'ular,
Birma-bir parcha-parcha bo'lib ketdi orzular.
O'zgalar ko'zlariga ko'rinmagan shirin tuyg'ular
O'zgarar, o'zgarar...
Xayr deyman-u, ko'na olmayman,
O'lay deyman-u, o'la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo'lib,
Senday bir gulga qo'na olmayman
Xayr deyman-u, ko'na olmayman,
O'lay deyman-u, o'la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo'lib,
Senday bir gulga qo'na olmayman...



Авторы: Zohid


Zohid - Kapalak
Альбом Kapalak
дата релиза
28-10-2019


Еще альбомы
Исполнитель Zohid, альбом Aprel
2019
Исполнитель Zohid, альбом Dengiz
2019
Исполнитель Zohid, альбом Chirog'im
2018
все альбомы


Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.