Юлдуз Усманова - Sabr (Patience) текст песни

Текст песни Sabr (Patience) - Юлдуз Усманова



Yaxshi niyat yarim davlat
Hech kim inkor etmagan
Yomon niyat bilan hech kim
Murodiga yetmagan
Atrofingga qara o'yla
Murosa qil fikr qil
Dard kelganda sabr qil
Baxt kelganda shukur qil
Dunyo nomi bilan dunyo
Jannat emas adashma
Ko'hna qizg'in bozoridan
Faqat shodlik talashma
Umr sinov yo'li desang
Bu yo'llarda adashma
Dard kelganda sabr qilu
Baxt kelganda shukur qil
Dard kelganda sabr qilu
Baxt kelganda shukur qil
Davlat ko'rsang havolanma
Nafs to'riga bog'lanma
Xarom hech vaqt bermas orom
Xarom yo'lga chog'lanma
Pushaymondan yomoni yo'q
O'z yog'inga dog'lanma
Dard kelganda sabr qilu
Baxt kelganda shukur qil
Dod desang ham voy desang ham
Taqdirdagi bo'ladii
Faqat hudoo deganlarga
Omad qushi qo'nadii
O'tkinchi butun dunyodan
Shoxuu gado o'tadi
Dard kelganda sabr qilu
Baxt kelganda shukur qil



Авторы: Attie Bauw, Yulduz Usmanova



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.