Rayhon - Bola Songtexte

Songtexte Bola - Rayhon




Bola bu Hudoyimning bergan sovg'asi
Bola bu umrimizning qolar mevasi
Kimlardir bolaga zor
Kimdir undan qiladi or
Axir, har bir bolamizda ôzimiz bor
Yolvoraman, yosh tôkmasin inson bolasi
Unib ôssin, gard yuqmasin sochin tolasi
Jazo topgay yosh qalbiga ozor berganlar
Tangrim asra, omon bôlsin xalqning bolasi
Tangrim panohingda bôlsin inson bolasi
Tilagim shu, har bir bola quvnab yursin
Yuzlarida doim quyosh kulib tursin
Bola qadrin bilmaganlar
Bir kun albat bôladi xor
Chunki har bir bolamizda ôzimiz bor
Yolvoraman, yosh tôkmasin inson bolasi
Unib ôssin, gard yuqmasin sochin tolasi
Jazo topgay yosh qalbiga ozor berganlar
Tangrim asra, omon bôlsin xalqning bolasi
Tangrim panohingda bôlsin inson bolasi
Tangrim asra, omon bôlsin inson bolasi



Autor(en): Rayhon


Attention! Feel free to leave feedback.