Dilmurod Musayev feat. Shahzoda - Netay Lyrics

Lyrics Netay - Dilmurod Musayev feat. Shahzoda



Tomosha bog' yo'lida,
Yigit, kimni poylaysan?
Yo sevganing qo'liga
Gulni berish o'ylaysan?
Sevarmu deb o'ylayman,
Bilmoq bo'lib ko'nglini.
Ba'zan o'zim qiynayman
Topolmay so'z o'ngini.
Ba'zan o'zni qiynaysan-ey
Topolmay so'z o'ngini.
Deydilar, qush sezadi
Uchar qushning tilini,
O'ylaganing sevadi,
Shoshma, ochar dilini.
Hozir xayol suraman,
Ranjimasdan birovdan.
Mayli, poylab turaman-ey,
Sevgim o'tar sinovdan.
Mayli, poylab turaver,
Ishqing o'tar sinovdan.
Tomosha bog' yo'lida,
Yigit, kimni poylaysan?
Yo sevganim qo'liga
Gulni berish o'ylayman.
Gulni berish o'ylaysan-ey.
Gulni berish o'ylayman.



Writer(s): SERGEEV GEORGE


Dilmurod Musayev feat. Shahzoda - Sen Menga Kerak
Album Sen Menga Kerak
date of release
05-06-2014



Attention! Feel free to leave feedback.