San Jay - Gulbadan Lyrics

Lyrics Gulbadan - San Jay




Kuylarim yetgaymikan senga borib,
Tinglasa, ketgaymikan toshlar erib?
Suhbatingdan bahra olsam o'ltirib,
Na bo'lar, na bo'lar quchog'imga kelsang, gulbadan?
Gulbadan, gulbadan,
Quchog'imga kelsang, gulbadan?
Oy tiniq, oydinda-oydin oq yuzing,
Sharqiroq soydan ham sho'xroqdir so'zing.
Ko'zlarimga to'tiyo bosgan izing,
Na bo'lar, na bo'lar quchog'imga kelsang, gulbadan?
Gulbadan, gulbadan,
Quchog'imga kelsang, gulbadan?
Gulbadan, gul ham o'zing, noz ham o'zing,
Kuy-qo'shiq, ohang o'zing, so'z ham o'zing,
Tanda darmonim sansiz yo'qdek,
Na bo'lar, na bo'lar jondek kirib kelsang, gulbadan?
Gulbadan, gulbadan,
Jondek kirib kelsang, gulbadan?
O'-o', gulbadan… E-hey, gulbadan…
O'-o', gulbadan…
Jondek kirib kelsang, gulbadan?





Attention! Feel free to leave feedback.
//}