Shahzoda - Ayrilamiz, Baxtli Ko'rsam Lyrics

Lyrics Ayrilamiz, Baxtli Ko'rsam - Shahzoda



Yurgan bu yo'lim
Har bosgan qadamim
O'z-o'zimga bo'ysinmas
Ko'zlarimni ochib
Atrofimga boqsam
Go'yo, hech narsa ko'rinmas
Bilaman, men bugun
So'nggi bor ko'rishchun
Sening oldingga boraman
Ich-ichimdan yonib
Umidlarga to'lib
Ko'zlaringga bir boqaman
Mana bugun ayrilamiz,
Yengilamiz
Taqdirning bir sinoviga
Negadir men so'zlaringda,
Ko'zlaringda
Afsusni hech ko'rmayapman
Bo'ldi, bo'ldi o'ylamay,
Yig'lamay deyman-u, unutolmayman.
To'lib ketdi ko'zda yosh,
Yashiraman, lekin ko'nikolmayman.
Tunlarim tong yoritadi baxtli ko'rsam,
Yuragimga shu yetadi, baxtli ko'rsam.
Meni aslo o'ylamagin, men baxtliman,
Gohi, gohi o'ng emas,
Balki bu tush deyman o'zimni aldab.
Mayli, sen unut sevgim,
Men yashayman uni qalbimda asrab.




Shahzoda - Xasta
Album Xasta
date of release
26-10-2017




Attention! Feel free to leave feedback.