Shoxrux - Okean Lyrics

Lyrics Okean - Shoxrux



Yeah...
Qorong'i tun, olisdan ko'rinadi darcha
Chiroq yoniq, xonasida qiz yolg'iz qalbi parcha
Urinmasinda harchan
Sevgan insoni bilan bog'lana olmas
Afsus, bejavob qo'ng'iroq va xabarlar barcha
Estalikga tushgan suratlarni qo'lga oladi
Xo'rsinib mungli kuy-taronaga quloq soladi
Tushgunlikda qoladi, yeb tamom qilgan ichin
"Unut!" deb yozilgan maktubga termulib ko'zi to'ladi
Xavotirda topa olmas qo'ygani joy o'zin
Lol-u hayron tinglab yaqin dugonalar so'zin
Aytishlaricha, ko'rishganmish allakim ila
Qo'l ushlashib yurganmish, silarmish o'sha qiz yuzin
Sho'rlikni bunga sira ishongisi yo'q
Ko'ksida cho'g', otiladi o'q
Boshi qotgan, ne qilarin bilmas
Yigitni esa o'zga bilan vaqti chog'!
Toma-toma uni ko'z yoshlari bo'ldi okean
Orzulari armonga aylanganidan keyin
Axir, yarim bo'lagidan ajralishi qiyin
Yigitga bo'lsa baribir, qiz xoli bir tiyin
Oyna ortida fasli bahor, vujudida kuz
Mana necha kunki mijja qoqmas, totmaydi tuz
"Qizim umidingni uz, tushun u ortga qaytamaydi"
Der onasi, g'amginligin aks etib ma'yus yuzi
Qizcha davoman o'zini azob qo'liga tutadi
Shirin xotiralarni yod olib, alamlar yutadi
"Qanday unitadi meni, axir meni sevar ediku!?"
Deb umid qilib, yana yorini daragin kutadi
Tushungisi kelmaydi, ishq shamoli yelmaydi
"Sevgilim" deb xar kuni erkalab quvonchlarga berilmaydi
Bilmaydi, aslo qizni iztirob chekyotganini
Endi va'da berganidek uni baxtli qilmaydi
Sho'rlikni bunga sira ishongisi yo'q
Ko'ksida cho'g', otiladi o'q
Boshi qotgan, ne qilarin bilmas
Yigitni esa o'zga bilan vaqti chog'!
Toma-toma uni ko'z yoshlari bo'ldi okean
Orzulari armonga aylanganidan keyin
Axir, yarim bo'lagidan ajralishi qiyin
Yigitga bo'lsa baribir, qiz xoli bir tiyin
Toma-toma uni ko'z yoshlari bo'ldi okean
Orzulari armonga aylanganidan keyin
Axir, yarim bo'lagidan ajralishi qiyin
Yigitga bo'lsa baribir, qiz xoli bir tiyin



Writer(s): shoxrux


Shoxrux - Okean
Album Okean
date of release
05-09-2017

1 Okean




Attention! Feel free to leave feedback.