K21 - Radius - Original Mix paroles de chanson

paroles de chanson Radius - Original Mix - K21



Ishonaman aytganlaring samimiy,
Lekin birdek tutolmaymiz mayl-rag'batni.
Ehtiroslar mahsulidir ahd ila paymon,
Ammo o'sha olov bir kun so'nar begumon.
Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin
Bir kun yerga shart uzilib tushmog' tayin.
Yashash uchun qasamlarni unutish lozim,
Qasamlarki shosha-pisha ichamiz doim.
Yolg'iz bitta rag'bat uchun yashamaymiz bas,
Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas.
Alvon-alvon suratida sevinch va qayg'u,
Bir-birini sovuradi, suradi yoxu.
Sevinch degan ko'rinadi qayg'uga xira,
Qayg'uning ham sevinch bilan ishi yo'q sira.
Hamma narsa muvaqqatdir, foniydir hayhot,
Qaydan kelsin muhabbatning umriga sabot.
Kim kimniki buni hali yechmoq kerakdir,
Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir.
Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar,
Yuksalganda dushmanlaring do'st bo'lib turar.
Xo'sh nimadir ataymi yo tasodifmi bu?
Kimki do'stdan bezor bo'lsa uning do'sti mo'l.
Do'stga muhtoj bo'lib do'stni o'ylagan odam
Oxir dushman qilib qo'yar yolg'iz do'stni ham.
Boshlagandim o'sha gapga qaytaman yana
Dunyo degan tuganmas bir tasodifxona,
Kerak payti bizning izmu-ixtiyordamas,
Orzu qilar, istak qilar, mahsuli qolmas.
Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar,
To birinchi bevalikka yetgunga qadar.
Taqdir shartlarga berolmay bardosh,
Tashlab ketdi mana yosh bir qalamqosh.
Bir deganda ketdi ham do'st, ham sirdosh,
O'ylab ko'r sababi nima? Ha maosh.
Masofa cheksiz, azizim mensiz,
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu paymon.
Azizim mensiz, masofa cheksiz,
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon.
Poyimda dengiz, men esa sensiz,
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz, sohilda yolg'iz,
Masofa bepoyon.
Masofa cheksiz, azizim mensiz,
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu paymon.
Azizim mensiz, masofa cheksiz,
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon.
Poyimda dengiz, men esa sensiz,
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz, sohilda yolg'iz,
Masofa bepoyon.
Masofa bepoyon...




K21 - Radius EP
Album Radius EP
date de sortie
13-03-2015




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.