Ozoda Nursaidova - Karvon paroles de chanson

paroles de chanson Karvon - Ozoda Nursaidova



Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib,
Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib.
Ro'molimning panasidan ko'rinmasdaney,
Ko'zyoshlarim oqib borar sizib-sizib.
Ro'molimning panasidan ko'rinmasdaney,
Ko'zyoshlarim oqib borar sizib-sizib.
Peshonamga yozganiga qayrildim yor,
Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor.
Music.
Karvon yo'li qizg'aldoqzor bo'lsa nima,
Yig'laymanda dunyo bezor bo'lsa nima.
Taqdir degan qiz ko'ngliga qararmidi,
Qiz yuregi suymasayu, suysa nima,
Peshonamga yozganiga qayrildim yor,
Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor.
Music.
O'z diyorim bo'larmidi o'zga diyor,
O'ksimagin jonim senda qoldiku yor,
Meni yodga bermaginu undan ko'ra,
O'ldir meni o'z tuprog'im bag'riga sol,
Peshonamga yozganiga qayrildim yor,
Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor.
Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib,
Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib.
Ro'molimning panasidan ko'rinmasdaney,
Ko'zyoshlarim oqib borar sizib-sizib.
Peshonamga yozganiga qayrildim yor,
Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor.
Peshonamga yozganiga qayrildim yor,
Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor.
Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor.
Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib,
Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib.
Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib,
Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib.



Writer(s): ozoda nursaidova



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.